Kitoblar Toshkentda "O`qituvchi" NMIU

„QORPARCHA (СНЕЖИНКА)“, o‘zbek, rus, fransuz tillarida

M. Rahmonbekova

      Muallif tomonidan uning yoshligida yozilgan ushbu ertaklar to‘plami kichkintoylar va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Kitob bolalarni tabiat, ular atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar bilan tanishtiradi.

Ko`rilgan: 1723

SINFDAN TASHQARI O‘QISH (ВНЕКЛАССНОЕ ЧТЕНИЕ) turkumi, rus tilida

O. Vulf

      Ushbu nashr bolalar adabiyoti turkumiga mansubdir. Maktab boshlang‘ich sinflarining soniga qarab 4 ta kitob nashr etish mo‘ljallangan. Har bir kitobda xrestomatik xarakterdagi asarlar, shuningdek, uncha mashhur bo‘lmagan, ammo badiiy qimmatini yo‘qotmagan bolalar adabiyoti asarlari to‘plami jamlangan.

Ko`rilgan: 3963

„KITOBIM OFTOBIM“ sinfdan tashqari o‘qish turkumi, 1- kitob, o‘zbek tilida

D. Nasriddinova

      Maktab boshlang‘ich sinflarining soniga qarab 4 ta kitob nashr etish mo‘ljallangan. Birinchi kitobda o‘quv rejasiga kiritilmagan zamonaviy o‘zbek yozuvchilari va shoirlarining asarlar to‘plami jamlangan.

Ko`rilgan: 5365

„QUSHLAR (ПТИЦЫ)“, o‘zbek, rus, ingliz tillarida

Z. Butayev

Kitob kichkintoylar uchun rasmli materiallarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda bolalar dunyoning turli tomonlarida mavjud bo‘lgan qushlar bilan tanishadilar. Qushlarning nomi uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilgan.

Ko`rilgan: 6194

„HAYVONLAR (ЖИВОТНЫЕ)“, o‘zbek, rus, ingliz tillarida

Z. Butayev

Kitob kichkintoylar uchun rasmli materiallarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda bolalar dunyoning turli tomonlarida mavjud bo‘lgan hayvonlar bilan tanishadilar. Hayvonlarning nomi uch tilda: o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilgan.

Ko`rilgan: 7556

VITILIGO (ВИТИЛИГО), rus tilida

S.S. Arifov, M.X. Arifova

Ushbu monografiyada keng tarqalgan kasalliklardan biri – vitiligoning etnologiyasi, patogenezi, klinik xususiyati va davolash usullari haqida eng zamonaviy va batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Kitobda vitiligoning klinik kechishi va ayni paytdagi mavjud davolash usullari to‘la-to‘kis yoritib berilgan.

Ko`rilgan: 3483

MATEMATIKADAN TEST TOPSHIRIQLARI, 3- sinf. O‘zbek tilida

F. Mardonova

Qo‘llanmada keltirilgan material umumta’lim maktablarining 3- sinf matematika dasturi va darsligi bo‘yicha tuzilgan. Keltirilgan topshiriq va vazifalar bolaning matematik qobiliyatini, uning to‘g‘ri mulohaza va tahlil qilish mahoratini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Topshiriqlar o‘quv choraklari bo‘yicha bo‘lingan bo‘lib, test javoblari berilgan.

Ko`rilgan: 12162

BOBURNOMA, o‘zbek tilida

Zahiriddin Muhammad Bobur

"Boburnoma" XVI asrning birinchi choragidagi yagona o‘zbek badiiy adabiyoti yodgorligi bo‘lib, XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlari hayoti haqidagi bebaho tarixiy ma’lumotlar manbayi hisoblanadi. U o‘z davrining fan yutuqlarini umumlashtirgan o‘ziga xos qomusiy asar hamdir. Bobur katta badiiy mahorat bilan kitobxonlar ko‘z o‘ngida haqqoniy tarixiy voqealarni, tabiatning ajoyib go‘zalligini batafsil, nafis va yorqin tasvirlab beradi.

Ko`rilgan: 32644

BOBURNOMA Miniaturalar (БАБУР-НАМЕ Миниатюры), o‘zbek, rus, ingliz tillarida

-

Mazkur albomdagi "Boburnoma" rasmlari mahalliy hind maktablarining eng yaxshi an’analarini o‘ziga ijodiy singdirgan hind tasviriy san’atining tengi yo‘q nodir namunalari bo‘lishi bilan birga XVI asr oxirlaridagi Akbar davrida yaratilgan hind miniatura san’atining yuksak darajadagi yangi uslubini ham namoyish qiladi.

Ko`rilgan: 6057

TIBBIYOTDA MENEJMENT VA MARKETING, o‘zbek tilida

M. Bayzaqov, U. Allayorov

Bozor iqtisodiga o‘tish munosabati bilan tibbiy xizmat xodimlari, firmalar va tashkilotlar raqobat degan tushunchaga duch kelishmoqda. Raqobatchilar o‘z xo‘jalik faoliyatlariga bevosita taalluqli bo‘lgan muammolarni mustaqil ravishda hal qilishga harakat qilishmoqda.

Kitob tibbiyot sohasida yuzaga kelayotgan menejment va marketing muammolarini tushunib olishga yordam beradi.

Ko`rilgan: 4492

Birinchi | Oldingi | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | Navbatdagi | Oxirgi

Mashhur kitoblar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте