Kitoblar Toshkentda "O`qituvchi" NMIU

EVOLUTSION GEOLOGIYA, o‘zbek tilida

T.N. Dolimov, V.I. Troitskiy

Mazkur kitob geologik nazariyaning muhim qismi bo‘lgan evolutsion geologiyaga bag‘ishlangan. Kitobning birinchi qismida Yerning tuzilishi, endogen va ekzogen jarayonlar va geodinamik vaziyatlar bayon qilingan. Ikkinchi qismida geologik vaqt, geoxronologiya va stratigrafiya masalalari batafsil yoritilgan. Uchinchi va to‘rtinchi qismlarda esa Yerning rivojlanish bosqichlari, geodinamik sharoitlar ketma-ketligi, Yer qavatlarining shakllanishi ko‘rsatilgan.

Ko`rilgan: 4270

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI, o‘zbek tilida

A.A. Abduqodirov, A.F. Hoyitov, R.R. Shodiyev

Inson faoliyati ma’lumotlarni qabul qilish, yig‘ish, saqlash, uzatish va qayta ishlash bilan uzviy bog‘langan. Bu operatsiyalrni kompyuterga yuklash va ularni amalga oshirishning usullari yangi fanning — axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Ko`rilgan: 12214

MATEMATIKADAN TEST TOPSHIRIQLARI, 4- sinf, o‘zbek tilida

F. Mardonova

Qo‘llanmada keltirilgan material umumta’lim maktablarining 4- sinf matematika dasturi va darsligi bo‘yicha tuzilgan. Keltirilgan topshiriq va vazifalar bolaning matematik qobiliyatini, uning to‘g‘ri mulohaza va tahlil qilish mahoratini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Topshiriqlar o‘quv choraklari bo‘yicha bo‘lingan bo‘lib, test javoblari berilgan.

Ko`rilgan: 9943

O‘QITUVCHI KITOBI (8-sinf ingliz tili darsligi uchun)

L. Jo‘rayev va b.

Ushbu uslubiy qo‘llanma 8- sinf ingliz tili darsligi asosida tayyorlangan. Unda har bir darsning maqsadi, uni tashkil etishning metodikasi, mashqlarni bajarish usullari yoritilgan. Bundan tashqari, qo‘llanmada kasseta matnlari, namunaviy test savollari hamda mashqlarga javoblar ham kiritilgan.

Ko`rilgan: 14579

9- SINFDA ALGEBRA

Sh.A. Alimov, M.A. Mirzaahmedov, O.R. Xolmuhammedov

Mazkur uslubiy qo‘llanma "Algebra-9" darsligi bo‘yicha matematika darslarini tashkillashtirishda o‘qituvchilariga amaliy uslubiy yordam ko‘rsatadi. Unda har bir bob va mavzularning maqsad-mazmuni, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan asosiy bilim va malakalar ro‘yxati, mavzularni o‘tish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar, misollarni yechish namunalari, qobiliyatli o‘quvchilar uchun mashqlar, yozma nazorat ishlari yoritilgan.

Ko`rilgan: 8165

MING BIR KECHA ERTAKLARI (СКАЗКИ ТЫСЯЧА И ОДНОЙ НОЧИ), rus tilida

Нет

Mazkur kitob Shahrizoda tomonidan aytib berilgan eng qiziq, maroqli ertaklar to‘plamidir. Mashhur ertaklarning yuksak badiiy bayoni rassomlar Tatyana Li va Mariya Li-Safilarning original illustratsiyalari bilan boyitilgan.

Ko`rilgan: 10247

TOPISHMOQLAR. O‘zbek tilida

F. Hasanova

Topishmoq xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va ommaviy turi hisoblanadi. Ushbu topishmoqlar jamlanmasi asosan bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va undagi hodisalar haqidagi tushuncha va tasavvurlari, idrok qilish va mulohaza qobiliyatini kengaytirish, tez fikrlash va topqirlik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiya vositalaridan biri vazifasini o‘taydi.

Ko`rilgan: 10781

„KICHKINTOYLAR ALIFBOSI“. O‘zbek tilida

Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova

„Kichkintoylar alifbosi“ olti yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarni maktabga tayyorlashda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Qo‘llanmada bolalarning e’tiborini o‘ziga tortadigan qiziqarli va rangli rasmlar berilgan. Unda tez aytish, topishmoq, maqollar, vatan, do‘stlik, hamda istiqlol haqidagi matnlar va she’rlar berilgan.

Ko`rilgan: 8110

„BO‘YASH, ALIFBO, HUSNIXAT, AYIRISH, QO‘SHISH (РАСКРАСКА, АЗБУКА, ПРОПИСЬ, ВЫЧИТАНИЕ, СЛОЖЕНИЕ)“, rus tilida

V.G. Pronin

Mazkur kitobcha maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u bolalarni harflar va raqamlar, ularni to‘g‘ri yozish, shuningdek, qo‘shish va ayirish bilan tanishtiradi.

Ko`rilgan: 7384

Готовимся к школе (Мактабга тайерланамиз), на узб./русск. яз.

Н. Бикбаева

„Готовимся к школе“ — книжка, способствующая формированию у ребенка первоначальных математических представлений. Развивает смекалку, память, внимание, творческие способности и интерес к нестандартным задачам.

Ko`rilgan: 3645

Birinchi | Oldingi | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10

Mashhur kitoblar

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте