Tarix

1947- yilda Maorif vazirligi bosmaxonasi bazasida dastlab „№7 bosmaxona“ deb atalgan Toshkent kitob-jurnal fabrikasi tashkil etildi.

1974- yilda O‘zSSR Davlat matbuot qo‘mitasi buyrug‘i bilan „№7 bosmaxona“ tarkibiga №4, №6 va №8 bosmaxonalar qo‘shilib, unga „№3 bosmaxona“ nomi berildi.

1977- yilda „№3 bosmaxona“ O‘zSSR Davlat matbuot qo‘mitasi buyrug‘i bilan „Matbuot“ Toshkent matbaa ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kiritildi va 1983- yilgacha „Tashqisavdonashr“ uchun kitob-jurnal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirildi.

1990- yilda bosmaxona „Kitob“ TIPO tarkibiga kirdi.

1992- yilning oktabrida bosmaxona Toshkent kitob-jurnal fabrikasi nomiga o‘zgartirildi.

2004- yilning iyulida Toshkent kitob-jurnal fabrikasi va „O‘qituvchi“ nashriyoti bazasida „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi tashkil etildi.

„O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyining asosiy vazifasi dars¬liklar, o‘quv qo‘llan¬malar, kitob mahsulotlari, qog‘oz tovarlari, turli blanklar, yorliqlar, tashrif qog‘ozlari va boshqa ko‘plab turdagi mahsulotlrni chop etishdir.

Bosmaxonada zamonaviy texnologik asbob-uskunalar o‘rnatilgan.

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте