Savol va javoblar

Savol: “O‘qituvchi” NMIUga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qanday murojaat qilishlari mumkin?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yozma shaklda quyidagi manzilga yozma ravishda murojaat qilishlari mumkin: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent shahri, 100206, Yunusobod tumani, 17-mavze, Yangishahar ko‘chasi, 1-uy. Faks orqali: (+99871) 224-05-61. Elektron pochta orqali: info@oqituvchi.uz. Telefon orqali og‘zaki shaklda: (+99871) 224-04-12. Shuningdek, NMIUning www.oqituvchi.uz saytidagi “Aloqalar” bo‘limida fuqarolarni qabul qilish kunlari ham qayd etilgan.

Savol: She'riy to'plamimni nashr etish niyatidaman.

Javob: “Oʻqituvchi” NMIU barcha turdagi adabiyotlarni nashrga tayyorlash uchun buyurtmalar qabul qiladi. Shu jumladan sheʻriy toʻplamlarga ham buyurtma olinadi. Bunda qoʻlyozmangizni taqriz uchun topshirishingiz lozim. Agar she'rlarinigiz nashr etish uchun ma’qul deb topilsa, u holda Siz oʻz kitobingizni chop etish harajatlarini toʻlashingiz kerak boʻladi. Agar etarli mablagʻingiz boʻlmasa, homiylar yordamidan foydalanishingiz mumkin.

Войти / Регистрация
Закладки
Корзина покупок
Оформление заказа
Интернет-магазин книги в Ташкенте